fuqaroligi toʻgʻrisida 30-modda. Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash

Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun ichki ishlar organlari va konsullik muassasalari manfaatdor vazirliklar hamda idoralarning maʼlumotlarini tekshiradi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini oʻrganadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga ushbu Qonunning 25-moddasi qoidalari tushuntiriladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.