fuqaroligi toʻgʻrisida 42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni koʻrib chiqishni tugatish

Quyidagi holatlar Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni koʻrib chiqishni tugatish asoslari hisoblanadi: a) shaxsning davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan uning mulkiy majburiyatlari mavjudligi; b) shaxsning qidiruvda ekanligi; v) agar shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan, sudlangan va jazoni oʻtayotgan boʻlsa; g) shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi lozim boʻlgan sud hukmining mavjudligi; d) bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etganlik; e) Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidlik; j) shaxsning vafot etganligi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni koʻrib chiqish tugatilganligi toʻgʻrisida ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi arizachini yoki uning qonuniy vakilini Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni koʻrib chiqish tugatilganligi sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi. Ushbu modda birinchi qismining “a” , “b” , “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, shaxs ichki ishlar organiga yoki konsullik muassasasiga qayta murojaat qilish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni koʻrib chiqish tugatilgan taqdirda toʻlangan davlat boji yoki konsullik yigʻimi qaytarib berilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha takroriy murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni koʻrib chiqishni tugatish haqida qaror qabul qilganidan soʻng bir yil oʻtgach ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan qabul qilinadi. Ariza beruvchiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan yangi holatlar yuzaga kelgan taqdirda, takroriy iltimosnoma koʻrsatilg