fuqaroligi toʻgʻrisida 44-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni rasmiylashtirish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirish haqidagi soʻrovnoma doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashab turgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga topshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi: tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma; pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirish haqidagi soʻrovnomani ichki ishlar organlari tomonidan koʻrib chiqishning umumiy muddati Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo maʼlumotlar bazasiga talabnoma kiritilgan paytdan eʼtiboran bir oyni tashkil etadi. Soʻrovnomani koʻrib chiqish jarayonida shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi tekshiriladi. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ichki ishlar organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma beriladi.