Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini hal etishga doir konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish maqsadida besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-koʻmaklashuvchi organdir. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya rais, rais oʻrinbosari, kotib va Komissiyaning boshqa aʼzolaridan tarkib topadi. Komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari va boshqa aʼzolari uning ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi. Komissiya majlisida rais yoʻq boʻlgan taqdirda uning vazifalari rais oʻrinbosarining zimmasiga yuklatiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.