Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli boʻlinmalari zimmasiga, xorijda yashaydigan shaxslarga nisbatan esa Tashqi ishlar vazirligi va tegishli konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi. Oʻziga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish boʻyicha qaror qabul qilingan shaxs bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik masalalariga oid qarori kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.