fuqaroligi toʻgʻrisida 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjud ekanligini koʻrsatuvchi boshqa hujjat Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir. Quyidagilar oʻn olti yoshga toʻlmagan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir: tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma (bolaning tugʻilgan joyidan qatʼi nazar) — ota-onasidan birining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjud ekanligini koʻrsatuvchi pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki boshqa hujjati koʻrsatilganda; tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki maʼlumotnoma (bola Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilgan taqdirda) — fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlgan ota-onaning (yolgʻiz otaning yoki onaning) Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi koʻrsatilganda.