fuqaroligi toʻgʻrisida 8-modda. Nikohdan oʻtishda va uni bekor qilishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolish

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs bilan nikohdan oʻtishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er-xotinning fuqaroligi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi. Er-xotindan birining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi oʻzgarishi ikkinchisining fuqaroligi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi. Nikohning bekor qilinishi ushbu nikohda tugʻilgan yoki nikoh bekor qilinguniga qadar farzandlikka olingan bolaning fuqaroligi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi.