Badanga qasddan bezorilik tuygʻusida yetkazilgan ogʻir shikast JK 104-moddasi ikkinchi qismining “e” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi va JK 277-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. Agar aybdor mazkur jinoyatdan tashqari yana bezorilik jinoyati belgilari mavjud boshqa harakatlarni sodir etgan boʻlsa, qilmish JK 104-moddasi ikkinchi qismining “e” bandi va 277-moddasining tegishli qismida koʻrsatilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.