Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jabrlanuvchi badaniga uning organlari yoki toʻqimalarini qonunsiz olish paytida yetkazilgan ogʻir shikast ham uni oʻz organlari yoki toʻqimalarini berishga majburlash paytida yetkazilgan ogʻir shikast ham JK 104-moddasi ikkinchi qismining “i” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda aybdorning harakatlari natijasida kishi organi yoki toʻqimasi olingan boʻlishi shart boʻlmay, unda inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish maqsadi borligi aniqlanishining oʻzi kifoya.