Sudlar badanga qasddan yetkazilgan va jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlgan ogʻir shikastni ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirishdan farqlashlari lozim. Bunda shuni eʼtiborga olish lozimki, ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirishda aybdorda jabrlanuvchi badaniga ogʻir shikast yetkazishga nisbatan ham, uni oʻldirib qoʻyishga nisbatan ham qasd boʻlmasligi taqozo etilsa, jabrlanuvchi badaniga uning oʻlishiga sabab boʻlgan ogʻir shikast yetkazilganda esa, shaxsning qasdi jabrlanuvchiga shunday shikast yetkazishga qaratilgan boʻladi.