Agar Jinoyat kodeksi Maxsus qismining muayyan moddalarida (Jinoyat kodeksining 277-moddasidan boshqa) bezorilik, oʻsha jinoyatni kvalifikatsiya qiluvchi alohida belgi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, bu holat qilmishni Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni istisno etadi (masalan, Jinoyat kodeksi 104-moddasi 2-qismining “e” bandi , 97-moddasi 2-qismining “l” bandi ).