Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 15-band. Bezorilik jinoyati aksariyat hollarda mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari…

Bezorilik jinoyati aksariyat hollarda mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida sodir qilinishini inobatga olgan holda, sudlar, alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan, bu haqda ishda tegishli tibbiy xulosa mavjud boʻlganda, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarni qoʻllash masalasini hukmda muhokama qilishlari lozim.