Bezorilikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 3-band. Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun…

Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik zamirida shaxsning badaniga yengil darajada shikast yetkazilganligi kifoya. Bunda shaxsning badaniga yetkazilgan tan jarohati uning sogʻligʻini buzilishiga olib kelgan-kelmaganligining ahamiyati yoʻq. Urish-doʻpposlash deganda, aybdor tomonidan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzib, shaxsning badaniga shikast yetkazmagan holda bir necha zarba berish tushuniladi.