Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali oʻtkazish uyushgan guruh…

Tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali oʻtkazish uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb topilgan hollarda JK 182-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi boʻyicha nafaqat tovarlarni bevosita bojxona chegarasidan oʻtkazgan, balki barcha uyushgan guruh aʼzolarining (masalan, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga qonunga xilof ravishda olib kirish maqsadida chet elda tovar xarid qilgan, bojxona nazorati punktida uni oʻtkazishda koʻmaklashgan yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan hujjatlarni qalbakilashtirgan, yukning qonunga xilofligini bila turib, transport ekspeditori sifatida qatnashgan uyushgan guruh aʼzolari) harakatlari ham kvalifikatsiya qilinadi.