Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston…

Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (bundan buyon matnda BK deb yuritiladi) va boshqa qonunchilik, shuningdek xalqaro shartnomalar bilan qatʼiy belgilangan. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda bojxona chegarasidan har qanday tarzda oʻtkazish qonunga xilof hisoblanadi va maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Jismoniy shaxsning “yashil” yoʻlak orqali oʻtishi yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar yoʻqligini bojxona organiga maʼlum qilish deb qaraladi va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etmaydi.