Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 20-band. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-sonli qarori…

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan meʼyorda psixotrop moddalar yoki giyohvandlik vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda jismoniy shaxsda tibbiyot muassasasi tomonidan davolash kursining tavsiya etiladigan miqdori koʻrsatilgan hujjatlar mavjudligi jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Bunda tibbiy hujjatda koʻrsatilgan dori vositalari hisoblanuvchi psixotrop moddalar yoki giyohvandlik vositalarining miqdori olib kirilayotgan miqdorga teng boʻlishi, shuningdek dori vositalari hisoblanuvchi psixotrop moddalar yoki giyohvandlik vositalarini olib oʻtayotgan shaxs yoki uning ishonchli vakilining maʼlumotlari hujjatlardagi maʼlumotlarga mos boʻlishi shart. Ushbu Nizom talabiga koʻra, ruxsat berilgan miqdorda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda olib kirish va olib chiqish bilan bogʻliq holatlar aniqlansa, jinoyat ishini JK 65-moddasiga asosan tugatish masalasi muhokama etilishi kerak.