Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlarni koʻrishda sudlar bunday jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari, shuningdek ashyoviy dalillarni olish, hisobga qoʻyish, baholashda qonunchilikka rioya etilganligini sinchiklab tekshirishi va protsessual qonunchilik normalari buzilishi aniqlangan hollarda xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari zarur.