Tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish deganda, ularni topishni qiyinlashtirish yoxud ularning asl xususiyati yoki miqdorini yashirish (masalan, ayrim tovarlarga boshqacha koʻrinish berish, ularni almashtirib qoʻyish, bojxona identifikatsiyalash vositalarini buzmagan holda transport vositalarining yuk boʻlimlaridagi tovarlarni olib qolish, oʻrniga boshqa turdagi tovarlarni yuklash, tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish uchun maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan xufiya joylardan (chemodanlar, sumkalar, transport vositalari, konteynerlar va boshqa tashish vositalarining konstruksiyaviy (tuzilish) xususiyatiga koʻra, ashyolarini saqlash yoki tashishga moʻljallanmagan boʻshliqlari, devorlari (ramalari) oralaridan) foydalanish, jinoyat predmetlarini odam, hayvon tanasida va hokazo)ga qaratilgan har qanday harakatlar tushuniladi.