Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar oʻrtasida boʻlgan ularning qaysi biri bilan qaysi…

Sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar oʻrtasida boʻlgan ularning qaysi biri bilan qaysi bolasi yashash uchun qolishi toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 71-moddasida belgilangan ota va onaning huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan holda, voyaga yetmagan bolalarning manfaatlariga va xohishlariga mos keladigan hal qiluv qarori qabul qilishi lozim. Bunda sud ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvoli ustunligining oʻzi bolani unga olib berish uchun asos boʻla oladigan shart hisoblanmasligini nazarga olgan holda, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bogʻlanib qolganligini, ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan koʻproq gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatayotganligini, bolalarning yoshini va ota-onadan qaysi biriga koʻngil qoʻyganligini, ota-onaning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola oʻrtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining maʼlumot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini eʼtiborga oladi. Sud oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolaning ota-onasining qaysi biri bilan yashash istagi borligini ham eʼtiborga olishi mumkin.