Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasining qaysi biri bilan yashashligi haqidagi nizo nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda hal etilayotgan hollarda bolalar boshqa shaxslarning tarbiyasida ekanligi hamda ular bolalarni ota-onasiga qaytarishga qarshilik koʻrsatayotganliklari aniqlansa, sud bu nizoni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilishi lozim.