Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 27-bandiga muvofiq 1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xoʻjaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xoʻjaligi aʼzosi uzrsiz sabablarga koʻra jamoa xoʻjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʻlsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182 va 221-moddalariga asosan, jamoa xoʻjaligida ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri bayram kunlarini hisobdan chiqargan holda olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib belgilanishi lozim. Jamoa xoʻjaligida mehnatda ishtirok etganlik holati quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi: mehnatning haqiqiy davri va muayyan yilda mehnatda ishtirok etish minimumi koʻrsatilgan xoʻjalik aʼzosining mehnat daftarchasi; xoʻjalikning har bir aʼzosiga kadrlar boʻlimi tomonidan mehnatning haqiqiy davri va muayyan yilda mehnatda ishtirok etish minimumi toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettirilgan holda yuritilishi lozim boʻlgan shaxsiy kartochka; jamoa xoʻjaligi boshqaruvining har yilda oʻtkazilib kelingan va xoʻjalik aʼzolarining mehnatda ishtirok etish minimumi belgilangan qarori. Shu munosabat bilan sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, mehnat stajini hisoblash vaqtida yuqorida koʻrsatilgan ikki asos mavjud boʻlgan holda jamoa xoʻjaligi boshqaruvining bunday qarori talab etilishi ortiqcha hisoblanadi. Jamoa xoʻjaligi boshqaruvining mehnatda ishtirok etishning minimumini belgilovchi qarori mavjud boʻlmagan hollarda, sudlar, bir yil uchun qabul qilingan qarorga muvofiq, keyingi ikki yil uchun mehnatda ishtirok etish minimumi faktini belgilashga haqlidir (masalan, 1980-yil uchun boshqaruv qarori mavjud boʻlganda, 1981-1982-yillar uchun mehnatda ishtirok etishning minimum fakti belgilanadi). Sudlarga tushuntirilsinki, bunday fakt muayyan davr uchun jamoa xoʻjaligi bir