Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Ijodiy faoliyat bilan mashgʻul xodimning mehnat faoliyati davrini ish stajiga qoʻshmaslik…

Ijodiy faoliyat bilan mashgʻul xodimning mehnat faoliyati davrini ish stajiga qoʻshmaslik haqidagi nizolarni hal qilishda sudlar ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan ijodiy uyushmalar aʼzolariga 1991-yil 1-yanvargacha ish staji, agar ana shu muallifning asari birinchi marta eʼlon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish etilgan) kundan eʼtiboran, 1991-yil 1-yanvardan boshlab esa ular faqat Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari tomonidan belgilanganidan kelib chiqish lozim.