Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 26-band. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 65-moddasiga asosan pensiyadan chegirmalar

Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 65-moddasiga asosan pensiyadan chegirmalar: a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida; b) Pensiya jamgʻarmasining qaroriga binoan pensionerga — uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda qoʻllanilishi mumkin. Fuqarolik qonun hujjatlari va mehnatga oid qonun hujjatlarida hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato tushunchalari yoritib bermaganligidan kelib chiqib, Pensiya jamgʻarmasining pensiyadan chegirmalar qilish haqidagi qaroriga nisbatan berilgan shikoyatlarni koʻrishda, bu masala sud tomonidan hal etilishi lozim. Hisob bilan bogʻliq arifmetik, matematik harakatlarni (koʻpaytirish, qoʻshish, ayirish, boʻlish) amalga oshirganda yoʻl qoʻyilgan notoʻgʻriliklar hisoblashdagi xato deb topilishi lozim. Boshqa texnik xato deganda, dasturiy taʼminotga maʼlumotlarni kiritishda yoʻl qoʻyilgan xato, shuningdek, dasturiy taʼminotning buzilishi oqibatida vujudga kelgan xatoni tushunish lozim. Huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllash, hisob-kitobni amalga oshirishda tegishli boʻlmagan (daxldor boʻlmagan) dastlabki maʼlumotlardan foydalanish hisoblashdagi xato hisoblanmaydi. Pensionerning qonunga zid, pensiyaning ortiqcha summalarini olishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlari pensioner tomonidan qilingan suiisteʼmollik deb baholanishi lozim. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoyat sodir qilinganligi natijasida pensiyaning ortiqcha toʻlanish holatlari