Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Fuqarolik protsessual kodeksining 26 -moddasiga…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Fuqarolik protsessual kodeksining 26 -moddasiga muvofiq yuridik faktlarni belgilash haqidagi arizalar, shuningdek pensiya olish bilan bogʻliq huquqni amalga oshirish haqidagi daʼvo arizalar fuqarolik ishlar boʻyicha sudlarga, Pensiya jamgʻarmasi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)ga nisbatan shikoyatlar esa, maʼmuriy sudlarga taalluqlidir. Xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda kasb kasalligiga uchraganligi yoki mehnatda mayiblanganligi oqibatidagi nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganligi uchun, shuningdek yoshga doir pensiya yoshiga toʻlguniga qadar Qonunni 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni korxona va tashkilotlardan regress tartibida undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar iqtisodiy sudlarga taalluqlidir.