Sudlar nazarda tutishi lozimki, Qonunda quyidagi davlat pensiya turlari belgilangan: yoshga doir pensiya; nogironlik pensiyasi; boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi. Pensiya turlari bir-biridan vujudga kelish vaqti va asoslari bilan farqlanishi va bu ishni toʻgʻri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi sababli, sudlar pensiya taʼminotiga boʻlgan huquqni amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda fuqaro daʼvo qilayotgan pensiya turi va pensiya tayinlash huquqining vujudga kelganlik asoslarini aniq belgilashi talab etiladi.