Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 37-moddasiga asosan, yoshga doir umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash uchun faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼiy nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa, ish stajiga qoʻshib hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, yoshga doir pensiyadan farqli ravishda mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya tayinlashda ish stajining davomiyligi yuridik ahamiyatga ega emas. Ish stajining davomiyligi 20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻxtatilganidan keyin nogiron boʻlib qolgan shaxslarga pensiya tayinlashda ham ahamiyatga ega boʻlmaydi. Qonunni 1-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan, ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emasligi qayd etilganligi sababli, ish stajining davomiyligi emas balki mavjud yoki mavjud emasligi ahamiyat kasb etadi. Bunday shaxslarning ijtimoiy taʼminlanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan tartibga solinadi. Umumiy kasallik tufayli nogironlik pensiyasi, shuningdek, umumiy kasallik oqibatida boquvchisini yoʻqotgan shaxslarga pensiya nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik tufayli vujudga kelgan vaqtda Qonunning 17-moddasi bilan belgilangan ish staji mavjud boʻlgan taqdirda tayinlanadi. Yetarli miqdorda ish stajiga ega boʻ