Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 8-band. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi va…

Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79¹ , 90-moddaslarida javobgarlik nazarda tutilgan hayvonot yoki oʻsimliklar dunyosidan foydalanish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan belgilanadi va u ham doimiy, ham vaqtinchalik (mavsumiy) xarakterga ega boʻlishi mumkin. Bundan tashqari hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi “Qimmatli va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar hamda hayvonlar turlarini muhofaza etishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilangan. Xususan, ushbu qarorda Qizil kitobga kiritilgan oʻsimliklar va hayvonlarni tabiatdan har qanday koʻrinishda olish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida, ovlanadigan hayvon turlari (shu jumladan baliqlar) esa Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Ov qilish yoki baliq tutish qoidalarini buzish deganda, ovni tegishli ruxsatnomasiz yoxud yovvoyi hayvonlar, yovvoyi qushlar yoki baliqlarni ruxsatnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiq ovlash, shuningdek ovni taqiqlangan vaqtda yoki ruxsat berilmagan joylarda yoxud ruxsat etilmagan qurol, vosita va usullar bilan amalga oshirilish tushunilmogʻi lozim. Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismining “j” bandi boʻyicha javobgarlik ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga, ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgani hayvonlar, parrandalar, baliqlar, hayvonot dunyosi yoki oʻsimliklarning boshqa turlari yoʻq qilingan hollarda vujudga keladi. Bunda yetkazilgan ziyonning hajmi ahamiyatga ega emas. Jinoyat kodeksining 193-moddasiga muvofiq, boshqa ogʻir oqibatlar deganda, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarnin