Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 9-band. Jinoyat kodeksining 194-moddasida javobgarlik belgilangan atrof muhitni ifloslanganligi…

Jinoyat kodeksining 194-moddasida javobgarlik belgilangan atrof muhitni ifloslanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan yashirganlik deganda, aybdor shaxs ekologik vaziyatning ahvoli toʻgʻrisida umuman yoxud oʻz vaqtida maʼlumot bermaganlik harakatlarini (harakatsizligini) tushunmoq lozim. Bunday maʼlumotlar haqiqatga muvofiq kelmasa (atrof muhitning ifloslaganligi koʻrsatkichlarini kamaytirib koʻrsatish va hokazolar), ular buzilgan hisoblanadi.