Ijtimoiy toʻlov, nafaqa, boshqa pul toʻlovlari (masalan, kompensatsiyalar, sugʻurta toʻlovlari)ni yoki boshqa mulkni tegishli qaror qabul qilishga vakolatli ijro hokimiyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, muassasa yoki tashkilotlarga, qonunga koʻra toʻlovlar yoki mulkni olish uchun asos boʻladigan holatlar mavjudligi (jumladan, oluvchining shaxsi, nogironligi, boqimandalari borligi, urush harakatlarida qatnashganligi, ishga joylashtirish imkoniyati yoʻqligi, sugʻurta hodisasi roʻy berganligi) toʻgʻrisida bila turib, yolgʻon maʼlumotlar taqdim etish yoʻli bilan olish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.