Firibgarlik jinoyatidan aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyatini (JK 170-moddasi ) farqlash lozim, chunki bunday holda shaxs oʻzganing mulkini bevosita olib qoʻymasdan va unga nisbatan huquqqa ega boʻlmasdan, qonunga (shartnomaga) koʻra mulkdor egaligi yoki tasarrufiga oʻtishi lozim boʻlgan tovar-pul qimmatliklarini oʻzlashtiradi va ular hisobiga boyiydi (masalan, avtomobillarga texnik yordam koʻrsatish shoxobchasi xodimi naryadda koʻrsatilmagan ishlarni bajarib yoki vagon kuzatuvchisi yoʻlovchini chiptasiz tashib, mijozdan olingan haqni oʻzlashtiradi, bosmaxona bosh injeneri buyurtma qilingan mahsulotning hisobga olinmagan tiraji uchun olingan haqni oʻz mulkdorligiga qaratadi va h.k.).