Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 24-band. Mansabdor shaxs tomonidan u mansab vakolati yoʻqligi yoki oʻz xizmat mavqeyidan foydalana…

Mansabdor shaxs tomonidan u mansab vakolati yoʻqligi yoki oʻz xizmat mavqeyidan foydalana olmasligi tufayli aslida amalga oshira olmaydigan muayyan harakat (harakatsizlik) uchun pul, qimmatli qogʻoz va boshqa moddiy qimmatliklar olinishi, unda mazkur qimmatliklarni egallashga nisbatan qasd mavjud boʻlgan taqdirda, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar shaxs (shu jumladan mansab vakolati yoʻqligi yoki oʻz xizmat mavqeyidan foydalana olmasligi tufayli muayyan harakat (harakatsizlik)ni aslida amalga oshira olmaydigan mansabdor shaxs), goʻyoki mansabdor shaxsga pora sifatida berish uchun pul yoki boshqa qimmatliklarni olib, biroq aslida bunday niyati boʻlmasdan, ularni oʻzlashtirsa, qilmish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar qimmatliklarni egallash maqsadida ularning egasi aybdor tomonidan pora berishga dalolat etilgan boʻlsa, uning harakatlari firibgarlikdan tashqari pora berishga dalolat etish sifatida qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Qimmatliklar egasining harakatlari esa, bunday hollarda, pora berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak. Agar pora berish tashabbusi pora beruvchi tomonidan bildirilgan boʻlsa, bunday holda shaxsning harakatlari faqat firibgarlik jinoyati sifatida kvalifikatsiya qilinib, qoʻshimcha ravishda JK 211-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.