JK 188¹-moddasida koʻzda tutilgan jinoyatlarni firibgarlik jinoyatidan farqlash lozim. Bunda shaxsning jinoiy maqsadi nimaga qaratilgani, xususan aybdor imkoni boricha koʻproq fuqarolarni oʻzining noqonuniy faoliyatiga jalb qilishni koʻzlagani, aybdor fuqarolarning yangi jalb etilgan pul mablagʻlari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan muqaddam olingan majburiyatlarini bajarib borishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.