Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Firibgarlikda ishonchni suiisteʼmol qilish deganda, aybdorning mulkdor, mulkning boshqa…

Firibgarlikda ishonchni suiisteʼmol qilish deganda, aybdorning mulkdor, mulkning boshqa egasi yoki mulkni uchinchi shaxslarga berib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli boshqa shaxslar bilan ishonchli munosabatlardan gʻarazli maqsadlarda foydalanishi tushunilishi lozim. Ishonchga turli holatlar, masalan, aybdor shaxsning xizmat mavqeyi yoki uning jabrlanuvchi bilan shaxsiy yoki qarindosh-urugʻlik munosabatlari sabab boʻlishi mumkin.