Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. Agar shaxs oʻzganing mulkini yoki unga boʻlgan huquqni mazkur mulk yoki huquq unga…

Agar shaxs oʻzganing mulkini yoki unga boʻlgan huquqni mazkur mulk yoki huquq unga berilishi sharti bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmaslik niyatida olgan yoki egallagan boʻlsa, qilmish aybdorda oʻzganing mulkini yoki unga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritishga nisbatan qasd faqat oʻzganing mulki yoki unga boʻlgan huquq qoʻlga kiritilgunga qadar paydo boʻlgan holdagina firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Oʻzganing mulkini talon-toroj qilishga qaratilgan qasd mavjudligi toʻgʻrisida, jumladan, aybdor tomonidan soxta hujjat yoki kafolat xatlaridan foydalanish, qarz mavjudligi yoki mulk garov ostidaligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni yashirish, bitimda taraflardan biri sifatida ishtirok etishi uchun soxta korxona (tashkilot) tuzilishi, kredit mablagʻlaridan maqsadga zid foydalanish yoxud ularni naqdlashtirish kabilar guvohlik berishi mumkin. Qayd etilgan holatlar oʻz oʻzidan shaxsni firibgarlik sodir etishda aybdor deb topish uchun asos boʻlmaydi, shu tufayli, shaxsning oʻz majburiyatlarini bila turib bajarish niyati boʻlmaganligi har bir muayyan holda ishning barcha holatlaridan kelib chiqib aniqlanishi shart. Agar oʻzganing mulkini egallashga nisbatan qasd aybdorda mulk qabul qilingandan keyin yuzaga kelgan boʻlsa, shaxsning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etmaydi va muayyan holatlarni inobatga olgan holda oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish (masalan, shaxsning oʻziga xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish, ishonchli boshqarish, yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish va h.k. maqsadida qonuniy berilgan mulkni qonunga xilof tarzda va haqini toʻlamay oʻzining yoki boshqa shaxsning mulkdorligiga qaratishi) sifatida baholanishi lozim. Agar shaxs oʻzaro ixtiyoriy yozma bitim, kelishuvlar (qarz shartnomasi, tilxat, kafolat xati va boshqalar) asosida oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini uni ijro etish jarayonida yuzaga kelgan ayrim obyektiv sabablarga koʻra (masalan, mulkiy nochorligi, shartnoma tuzishda