Ekspertiza oldiga hal qilish uchun faqat javobi nizoni toʻgʻri hal qilish uchun dalil boʻla oladigan va fan, sanʼat, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim talab qiladigan savollar qoʻyilishi mumkin. Sudlar ekspert oldiga vazifa qoʻyishda ekspertlar xizmatiga qayta murojaat etmaslik uchun javobi muayyan bir ishning toʻgʻri hal etilishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan, barcha kompleks savollarni qamrab olishlari lozim. Hal qilinishi sudning vakolatiga kiruvchi huquq toʻgʻrisidagi savollar ekspert oldiga qoʻyilishi mumkin emas.