Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Davlat bojini qaytarish “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 18-moddasining birinchi qismida…

Davlat bojini qaytarish “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 18-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat boji qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, shu ortiqcha toʻlangan qismi qaytariladi. Qonunning ushbu moddasida qayd etilgan boshqa hollarda boj toʻliq miqdorda qaytarilishi lozim. Sudlarning eʼtibori davlat boji summalarining qaytarilishi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 18-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda sud hujjatiga asosan amalga oshirilishiga qaratilsin. Agar daʼvogar davlat bojini toʻlab, sudga ariza bilan murojaat qilmagan boʻlsa, sudning ushbu holatni tasdiqlovchi maʼlumotnomasi uni qaytarish uchun asos boʻladi. Bunda sudlar pochta xarajatlarini qaytarish qonunda nazarda tutilmaganligini inobatga olishlari lozim.