Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 17-band. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, fuqarolik ishlarini koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga

Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, fuqarolik ishlarini koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga: guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar; joyga borib koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar; FPK 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar; sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari; sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar; sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar kiradi. Boshqa sud xarajatlariga (FPK 132-moddasi birinchi qismining 5-bandi) sud tomonidan oqilona miqdorlarda belgilanadigan, amalda yoʻqotilgan vaqt uchun undiriladigan kompensatsiya, vakilning yordami uchun toʻlanadigan xarajatlar va hokazolar kiradi.