Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda…

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq, davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy toʻlov hisoblanadi. Davlat boji boshqa turdagi majburiy toʻlovlar qatori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etishi bois, sudlar fuqarolik ishlari boʻyicha davlat bojini undirish toʻgʻrisidagi qonun talablariga qatʼi rioya etishlari shart.