Yuqori instansiya sudi tomonidan sud hujjati bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilganda, sud xarajatlarini taqsimlash masalasi ishni yangidan koʻrayotgan sud tomonidan, dastlab toʻlangan (undirilgan) davlat boji va daʼvo talablarining qanoatlantirilgan miqdori hisobga olingan holda, hal etiladi.