Sud xarajatlari notoʻgʻri undirilgan holatlar aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari protsessual qonunda koʻrsatilgan hollarda va tartibda sud xarajatlarini undirishga, undirilgan summa miqdorini kamaytirishga yoki ularni qayta taqsimlashga, shuningdek, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ularni toʻlashdan ozod qilishga haqli.