FPK 419¹⁵-moddasida Oliy sudning sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni oʻrganish davomida yuridik ahamiyatga molik boʻlgan bir qator harakatlarni amalga oshirishi, shu jumladan, taftish tartibidagi shikoyatni zarur boʻlgan hollarda ishni talab qilib olgan holda oʻrganishi, oʻrganish natijalari boʻyicha sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, shikoyatni sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan protsessual hujjat (ajrim) chiqarishi nazarda tutilgan. Shunga koʻra, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 3-moddasining birinchi qismi va 5-moddasining 1-bandiga asosan, davlat boji oldindan toʻlanmagan yoki kam miqdorda (toʻlovni kechiktirish, kamaytirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash belgilangan boʻlsa) toʻlangan holda topshirilgan taftish tartibidagi shikoyat sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish rad etilganda ham davlat bojini undirish masalasi sudya tomonidan umumiy asoslarda hal qilinishi lozim.