hujjatlarning dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini (shu jumladan, takroriy ravishda beriladigan sud hujjatlarining koʻchirma nusxalarini) berganlik uchun. Sudlarga tushuntirilsinki, FPKning 396, 416 va 419²⁷-moddalariga asosan apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlari sud hujjatlarini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shartligidan kelib chiqib, sud qarorlarining sud xarajatlari qismidan norozi boʻlib berilgan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlari boʻyicha davlat boji umumiy asoslarda toʻlanadi, davlat boji bilan bogʻliq masalalar boʻyicha chiqarilgan ajrimlarga nisbatan berilgan xususiy shikoyatlar bundan mustasno. 5. Davlat boji va pochta xarajati ariza, daʼvo arizasi, shikoyat (bundan buyon — ariza) sudga berilgunga qadar toʻlanadi, qonun bilan davlat boji toʻlovi boʻyicha boshqacha tartib belgilangan hollar bundan mustasno (masalan, arizachi qonun bilan davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan, sud tomonidan davlat boji toʻlovi kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlash belgilangan hollar). Bunda, sudlarning eʼtibori pochta xarajatlari toʻlovidan ozod qilish, uni kechiktirish, kamaytirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash qonunda nazarda tutilmaganligiga qaratilsin. Davlat boji toʻlanganligi fakti: bank tomonidan toʻlovchiga berilgan belgilangan shakldagi toʻlov hujjati (kvitansiya, toʻlov topshiriqnomasi va boshqalar); belgilangan shaklda toʻlovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan toʻlovchiga berilgan toʻlov hujjati; elektron toʻlov tizimidan olingan maʼlumotlar bilan tasdiqlanadi. Daʼvo bahosi chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo boʻyicha sudga ariza berilganda, davlat bojining miqdori ariza taqdim etilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada belgilanadi. Agar muayyan sudda alohida koʻrilishi kerak boʻlgan bir nechta arizalar boʻyicha davlat boji bir toʻlov hujjati bilan toʻlangan boʻlsa, toʻlov hujjati ishlardan biriga ilo