Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida 8-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning…

Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga koʻra, davlat boji quyidagi hollarda umumiy asoslarda undiriladi: qarshi daʼvo arizalardan; uchinchi shaxslarning ishga mustaqil daʼvo talablar bilan kirishganligi toʻgʻrisidagi arizalardan. Ishga kirishgan daʼvogarning huquqiy vorisidan davlat boji, agar u daʼvogar tomonidan toʻlanmagan boʻlsa, umumiy asoslarda undiriladi. Bunda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 7-moddasining ikkinchi qismi va 8-moddasi qoidalari inobatga olinishi lozim.