FKning 187-moddasiga koʻra egalik huquqini olish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat oʻzganing mulkiga amalda asossiz egalik qilib kelish hollariga ham tatbiq etiladi. Egalik qiluvchida biron-bir egalik qilish huquqiy asosi mavjudligi, masalan, uzoq muddatli ijara shartnomasi borligi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatni amalda boʻlishini inkor qiladi.