Bunday nizolarni hal qilishda qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatini bajarmagan hollarda garovga oluvchi boshqa kreditorlarga nisbatan garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan oʻz talabini qondirishda ustun huquqqa ega ekanligi hisobga olinishi lozim (FK 264 , 280-moddalari ). Amaldagi qonunlar garov narsasi hisoblangan mol-mulkni garovga oluvchining egaligiga berish mumkinligini nazarda tutmaydi. Bunday egalikka olib berishni nazarda tutgan har qanday kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy hisoblanmaydi, garov bilan taʼminlangan majburiyatdan voz kechish haqi yoki majburiyatni yangilash munosabati bilan bekor boʻlishi bundan mustasnodir (FK 342 , 347-moddalari ). FKning 279-moddasiga koʻra garovga oluvchi (kreditor) garov bilan taʼminlangan majburiyatini qarzdor bajarmagan taqdirda undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish imkoniyati boʻlmagan taqdirdagina garovga oluvchi (kreditor) bu mol-mulkni FKning 281-moddasida belgilangan tartibda oʻz egaligiga olishi mumkin.