Sudlar fuqarolik ishlarini hal qilishda fuqarolik qonun hujjatlarining asosiy negizlaridan, yaʼni ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini eʼtirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligiga, fuqarolik huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini ularning sud orqali himoya qilinishini taʼminlash zarurligiga asoslanishidan kelib chiqishlari lozim.