Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 20-band. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga…

Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin. Shu bilan birga bunday shartnomaning narsasi faqat koʻchar mol-mulk boʻlishi mumkinligini hisobga olgan holda, shartnoma garov narsasiga undiruvni qaratish tartibi haqidagi shartlar koʻrsatilmagan boʻlsa, bunday holda undiruv garovga olingan koʻchar mol-mulkka qaratilishi haqidagi qoida tatbiq qilinishidan kelib chiqish lozim (FK 280-modasi 3-qismi ). Nazarda tutmoq lozimki, garovga qoʻyuvchi tomonidan majburiyat bartaraf qilib boʻlmaydigan kuch taʼsiri bilan bogʻliq holda bajarilmagan boʻlsa, undiruvni garovga qoʻyilgan mulkka qaratish mumkin emas. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, majburiyatning tarafi harakatlariga bogʻliq boʻlgan holatlar (masalan, qarzdorda zarur boʻlgan pul mablagʻlarining yoʻqligi, uning vakillarining gʻayriqonuniy harakatlari) bartaraf qilib boʻlmaydigan kuch deb tan olinishi mumkin emas.