Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 22-band. FK 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan shartnomada…

FK 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foiz olish huquqini nazarda tutadi. FKning 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi haq evaziga tuzilgan deb faraz qilinadi va foizlar miqdori shartnoma bilan belgilanadi. Qarz oluvchidan foizlar undirishda sud bir vaqtning oʻzida foiz summasidan davlat foydasiga soliq undirishi lozim. FKning 327-moddasida koʻrsatilgan pul majburiyatini, shuningdek qarz majburiyatini bajarmaganlik uchun foizlar, qarz shartnomasida belgilangan foizlardan ham ortiq hisoblanishi mumkin.