Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda…

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda joʻnatish deganda, shaxsning pochta aloqasi, havo yoki boshqa transport turidan foydalanib, ularni pochta joʻnatmalari, posilkalar yoki yuk (bagaj) sifatida, shuningdek, oʻzi bevosita ishtirok etmagan holda boshqa shaxs orqali qonunchilikda belgilangan tartibni buzgan holda koʻchirishga qasddan qaratilgan harakatlari tushunilishi lozim.