Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 17-band. Vosita va moddalar turini (giyohvandlik, psixotrop), ularning miqdori, nomlanishi va…

Vosita va moddalar turini (giyohvandlik, psixotrop), ularning miqdori, nomlanishi va xususiyatlari, kelib chiqishi, ishlab chiqish, ishlab chiqarish uslubini, shuningdek, oʻsimlikning giyohvandlik moddasi tarkibida mavjud ekinga taalluqliligini aniqlash uchun maxsus bilim talab etilishini inobatga olib, har bir ish boʻyicha ekspert yoki mutaxassislarning tegishli xulosalari olinishi shart. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ 249-sonli Qonunining 12-moddasiga muvofiq giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalardan foydalaniladigan har qanday ekspertiza davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.